Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AstraZeneca vaksinasining samaradorligi hozircha noaniq – Bloomberg
Maksimal samaradorlik dastlabki emlashda kamroq doza qabul qilganlarda qayd etilgan. Keyinroq kompaniya dozaning kamligi ishlab chiqarish jarayonidagi xato tufayli yuz berganini bildirgan.
Oksford universiteti ishlab chiqqan AstraZeneca vaksinasi sinov vaqtida yo‘l qo‘yilgan xatolar sababli uning samaradorligi natijasi noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Britaniya vaksinasi yakuniy sinovlarda o‘rtacha 70 foiz hamda maksimal 90 foiz samaradorlik ko‘rsatgan.
Maksimal samaradorlik dastlabki emlashda kamroq doza qabul qilganlarda qayd etilgan. Keyinroq kompaniya dozaning kamligi ishlab chiqarish jarayonidagi xato tufayli yuz berganini bildirgan.
Bundan tashqari, keyinchalik ma'lum bo‘lishicha, yuqori samaradorlik qayd etilgan guruhdagilar faqat kichik yoshdagi odamlar bo‘lgan. Bu ma'lumot AstraZeneca va universitet xabarida aytilmagan.
Bloomberg tahlilchisi Sem Fazelining aytishicha, samaradorlikdagi farq sinov uchun tanlov demografiyasidagi tafovut natijasida kelib chiqqan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksinaning haqiqiy samaradorligi hozircha noaniq.
Avvalroq britaniyaliklarning vaksinasi sezilarli darajada arzonligi hamda uni dunyoning istalgan burchagiga osonlik bilan yetkazib berish mumkinligi aytilgandi. Ishlab chiqaruvchilarning ma'lum qilishicha, vaksinani Tselsiy bo‘yicha 2-8 darajada saqlash va yetkazib berish mumkin, vaksinatsiya jarayoni esa alohida sharoitlarni talab qilmaydi.
Mavzuga oid
21:40 / 30.04.2025
Husnbuzarlarga qarshi birinchi vaksinaning klinik sinovlari boshlandi
16:00 / 04.02.2025
Ekologiya ta’siri: dunyoda chekmaydiganlar orasida o‘pka saratoni bilan kasallanish ko‘paydi
16:31 / 16.12.2024
Ukol o‘rniga krem: qoqsholga qarshi yangi turdagi vaksina yaratildi
16:51 / 25.11.2024