Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonlik o‘smir 14 yoshida universitetni tamomladi
Agastya Jaysval Haydaroboddagi Usmon universitetini bitirgan va ommaviy kommunikatsiya va jurnalistika bo‘yicha bakalavr diplomini olgan.
Hindistonning Haydarobod shahrida yashovchi 14 yoshli Agastya Jaysval oliy ma'lumot egasi bo‘ldi, deb yozmoqda Newsflare nashri.
Xabarda aytilishicha, Agastya Haydaroboddagi Usmon universitetini bitirgan va ommaviy kommunikatsiya va jurnalistika bo‘yicha bakalavr diplomini olgan. Ta'kidlanishicha, u bu yoshda oliy o‘quv yurtini bitirgan mamlakatdagi birinchi talabadir.
Jaysval boshqa sohalarda ham muvaffaqiyat qozongan. Jumladan, stol tennisi bo‘yicha milliy musobaqalarda ishtirok etadi va ikkala qo‘lida ham yoza oladi.
2019 yilda AQShda 14 yoshli o‘smir magistr darajasini olgani xabar qilingandi. Kelton Kostis to‘qqiz yoshida Belvyu universitetiga o‘qishga kirgan, 12 yoshida veb-texnologiyalar bo‘yicha bakalavr bo‘lgan, so‘ngra axborot menejmenti bo‘yicha magistrlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025