Jahon | 21:48 / 01.12.2020
5142
2 daqiqa o‘qiladi

Puerto-Rikoda ulkan radioteleskop vayron bo‘ldi

Puerto-Rikoda dunyodagi eng yirik radioteleskoplardan biri hisoblangan “Aresibo” qabul qiluvchi apparaturasi joylashgan ko‘p tonnalik platformasi o‘z og‘irligini ko‘tara olmay qulashi oqibatida vayron bo‘ldi. Bu haqda amerikalik jurnalist, meteorolog Debora Martorell ma'lum qildi.

Foto: primerahora.com

U tomonidan e'lon qilingan suratlarda teleskopning ko‘zgusi ustida troslarda ushlab turilgan platforma ham, troslar ham yo‘qligini ko‘rish mumkin. 

Yarim asr avval Puerto-Riko tog‘laridagi vulqon kraterida qurilgan ulkan radioteleskop o‘n yillar davomida dunyodagi eng yirik radioastronomik asbob hisoblab kelingan.

Teleskop bilan muammolar avgustda boshlangan. O‘shanda qabul qiluvchi apparatura joylashgan palftormani ushlab turuvchi yordamchi troslardan biri uzilishi oqibatida qurilmaning ko‘zgusida 100 metrlik darcha hosil bo‘lgan. Noyabrda esa asosiy tros ham uzilgan. Shundan keyin teleskopda kuzatuvlar olib borilishi to‘xtatilgan va teleskop qulashi mumkinligi sababli uni demontaj qilishga qaror qilingan. Shundan keyin ba'zi tashabbuschilar mashhur teleskopni saqlab qolish uchun xayriya mablag‘i to‘plashni taklif qilishgan.

1LzNZVS4uO-2x9TrCmMW4CRkhciiZI0z.jpg (512×288)

57 yil faoliyat yuritgan teleskop qurilishi 1960 yilda boshlangan. Undan dastlab Yer ionosferasini o‘rganishda foydalanish mo‘ljallangan. 1963 yilda ishga tushirilgan teleskop yordamida ko‘plab kashfiyotlar amalga oshirilgan, jumladan bir qator pulsarlar aniqlangan va Merkuriy haqida yangi ma'lumotlar olingan.

Teleskopning ko‘zgusi diametri 304,8 metrni tashkil qiladi. U yordamida 1974 yilda M13 yulduzlar g‘ujumi tomon o‘zga sayyoraliklarga kodlangan radiomurojaat yo‘llangan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid