Jahon | 22:37 / 02.12.2020
13949
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada koronavirusga qarshi bepul emlash boshlanmoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatda odamlarni koronavirusga qarshi emlashni boshlashga ko‘rsatma berdi.

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikovaning aytishicha, vaksina bepul va ixtiyoriy bo‘ladi. Putin Rossiya mudofaa vazirligining ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi ochilishiga bag‘ishlangan videokonferensiyada koronavirusga qarshi emlash keyingi haftadan boshlanishini ma'lum qildi.

Putinning aytishicha, Rossiyada allaqachon 2 million doza vaksina ishlab chiqarilgan va bu ommaviy emlashga imkon bermasa-da, masshtabli emlash uchun yetarli. Rossiyada koronavirusga qarshi emlash dastavval koronavirus yuqtirish xavfi darajasi yuqori bo‘lgan kasb vakillari – o‘qituvchilar va shifokorlarda o‘tkaziladi. Golikova dekabrning o‘zida Rossiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlanishi mumkinligini istisno qilmadi.

Ma'lumot uchun, Rossiyada avgust oyida «Sputnik V» vositasi koronavirusga qarshi vaksina sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ayni damda dunyoda AQSh, Britaniya, Xitoy, Fransiya va Germaniyada koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish ishlari davom etmoqda. Oldinroq Britaniyada ham keyingi haftadan koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlanishi ma'lum qilingan edi.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid