Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Makronni Fransiya uchun ortiqcha yuk deb atadi
Avvalroq Parij va Anqara Tog‘li Qorabog‘dagi nizo bo‘yicha o‘zaro kelishmovchilikka borgandi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Fransiya prezidenti Emmanyuel Makronni keskin tanqid qildi.
“Makron – Fransiya uchun ortiqcha yuk. Makron va Fransiya juda xavfli davrni boshidan kechiryapti”, — deya Erdo‘g‘anning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Turkiya OAV.
“Fransiya Makron ko‘rinishidagi muammodan imkon boricha tezroq qutulishiga umid qilaman”, — dedi u.
Avvalroq Parij va Anqara Tog‘li Qorabog‘dagi nizo bo‘yicha o‘zaro kelishmovchilikka borgandi. Fransiya Turkiyani Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasidagi jangovar harakatlarni avj oldirishda ayblagandi.
O‘z navbatida Erdo‘g‘an Parij ushbu nizoda vositachi sifatida ishonchni yo‘qotganini aytgandi.
Mavzuga oid
16:21 / 22.05.2025
«Yaqin orada Shimoliy Kiprning Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo bo‘lgan kunlarni ham ko‘ramiz» – Erdo‘g‘an
20:30 / 17.05.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi
10:26 / 16.05.2025
Turkiya Putin va Zelenskiy tayyor bo‘lsa, ularni qabul qilishga tayyor
17:14 / 14.05.2025