Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Konstitutsiya bayrami arafasida dam olish kunlari qanday bo‘ladi?
Joriy yil 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun haftaning seshanba kuniga to‘g‘ri keladi.
Shu sababli ko‘pchilikda bayram arafasida dam olish kunlari qanday bo‘lishi to‘g‘risida ayrim savollar yuzaga kelmoqda, deb yozadi O‘zA.
Ma'lumot uchun, Konstitutsiya qabul qilingan kun arafasida xodimlarga qo‘shimcha dam olish kuni belgilanmagan.
Bayram arafasida dam olish kunlari quyidagicha bo‘ladi:
- 5 dekabr, shanba – haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun dam olish kuni;
- 6 dekabr, yakshanba – barchaga dam olish kuni;
- 7 dekabr, dushanba – barchaga ish kuni;
- 8 dekabr, seshanba – barchaga dam olish kuni;
- 9 dekabr, chorshanba – barchaga ish kuni.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2021 yilgi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan edi.
Mavzuga oid
10:55 / 05.05.2025
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan necha kun dam beriladi?
21:49 / 26.02.2025
Tramp tarafdorlari Konstitutsiyani o‘zgartirishni rejalashtirmoqda
18:36 / 08.01.2025
Markaziy Osiyo davlatlarida 2025 yilgi dam olish kunlari soni taqqoslandi
18:43 / 24.12.2024