Jahon | 19:34 / 05.12.2020
23032
2 daqiqa o‘qiladi

«Sputnik V» vaksinasining sotuvga chiqish narxi tasdiqlandi

 Hozirgi kunda Hindiston, Braziliya, Xitoy, Janubiy Koreya va yana 4 ta mamlakatdagi zavodlarda «Sputnik V» vaksinasini ishlab chiqarish hajmini yiliga 500 million dozaga chiqarish borasida kelishuvga erishilgan.

Foto: RIA Novosti

 Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan «Sputnik V» vaksinasining ishlab chiqaruvchidan sotuvga chiqadigan cheklangan narxini tasdiqladi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirining yordamchisi Aleksey Kuznetsov ma'lum qildi.

 «Uning narxi ikkita komponent uchun 1942 rublni (26,1 dollar) tashkil etadi. Besh dona ikki komponentli to‘plamdan iborat qadoq narxi 9710 rubl atrofida (130,7dollar) ro‘yxaga olindi», — dedi Kuznetsov.

 Avvalroq Rossiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (RFPI) rahbari Kirill Dmitriyev BMT Bosh assambleyasining maxsus sessiyasida “Sputnik V” vaksinasining bir dozasi narxi 10 dollardan kamroqni tashkil qilishini aytgandi.

 Ayni vaqtda Rossiya vaksinasining sinovlari Belarus, Venesuela, BAA va Hindiston kabi davlatlarda o‘tkazilmoqda. Xorijdan turib vaksina sinovlarida qatnashayotganlarning umumiy soni 5 ming kishidan, mamlakat ichidagi ko‘ngillilar esa 40 ming kishidan oshib ketgan.

Shuningdek, hozirgi kunda Hindiston, Braziliya, Xitoy, Janubiy Koreya va yana 4 ta mamlakatdagi zavodlarda «Sputnik V» vaksinasini ishlab chiqarish hajmini yiliga 500 million dozaga chiqarish borasida kelishuvga erishilgan.

 Ma'lumot uchun, Rossiyada avgust oyida «Sputnik V» vositasi koronavirusga qarshi vaksina sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

4 dekabr kuni Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturovning shaxsan o‘zi koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasini Toshkentga olib kelgani xabar qilindi.

Mavzuga oid