Sport | 23:12 / 07.12.2020
9777
1 daqiqa o‘qiladi

Lukashenkoga Olimpiada o‘yinlariga borish taqiqlandi

XOQ prezidenti Tomas Baxning so‘zlariga ko‘ra, Lukashenko rahbarlik qilayotgan Belarus milliy olimpiya qo‘mitasining hozirgi rahbariyati sportchilarni siyosiy diskriminatsiyadan himoya qilmayapti.

Foto: DPA

 Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga Xalqaro olimpiya qo‘mitasining (XOQ) barcha tadbirlarida qatnashish taqiqlandi. Bu haqda tashkilot prezidenti Tomas Bax ma'lum qildi.

Taqiq shuningdek, Olimpiada o‘yinlariga ham taalluqli. Qayd etilishicha, ushbu chora hozircha vaqtinchalik tusga ega.

Baxning so‘zlariga ko‘ra, Lukashenko rahbarlik qilayotgan Belarus milliy olimpiya qo‘mitasining hozirgi rahbariyati sportchilarni siyosiy diskriminatsiyadan himoya qilmayapti.

Navbatdagi Olimpiada o‘yinlari 2021 yil yozda Tokioda bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar koronavirus pandemiyasi sababli bir yilga kechiktirilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid