Hakerlar Pfizer-BioNTech vaksinasiga oid hujjatlarni qo‘lga kiritishdi
Noyabrda shimoliy koreyalik hakerlar Britaniyaning koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqqan AstraZeneca kompaniyasi xodimlari qurilmalarini buzib kirishga uringandi.
Yevropa dori vositalari agentligi (EMA) hakerlar hujumiga uchradi, Pfizer va BioNTech kompaniyalarining koronavirusga qarshi vaksinasi bo‘yicha ayrim hujjatlar hakerlar qo‘liga tushdi. Bu haqda BioNTech kompaniyasi ma'lum qildi.
“Bugun Yevropa dori vositalari agentligi (EMA) kiberhujumga uchragani ma'lum qilindi. Pfizer va BioNTech kompaniyalarining koronavirusga qarshi BNT162b2 nomzod vaksinasiga oid ayrim hujjatlar noqonuniy tarzda qo‘lga kiritilgan”, — deyiladi kompaniya xabarida.
Hakerlar tadqiqotlar qatnashchilariga oid ma'lumotlarni qo‘lga kiritgan-kiritmaganligi kompaniyaga ma'lum emas.
“Hozirda EMA surishtiruvi bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlarni kutmoqdamiz va YeI qonunchiligiga muvofiq holda tegishli chora ko‘ramiz”, — deyiladi kompaniya tomonidan.
Avvalroq shimoliy koreyalik hakerlar Britaniyaning koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqqan AstraZeneca kompaniyasi xodimlari qurilmalarini buzib kirishga uringani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:51 / 25.11.2024
Bolalarda ham qo‘llash mumkin bo‘lgan maymun chechak vaksinasi tasdiqlandi
17:48 / 01.11.2024
Dunyodagi eng halokatli infeksiya nomi ma’lum bo‘ldi
20:25 / 23.10.2024
Britaniyada norovirusga qarshi dunyodagi birinchi vaksinani sinovdan o‘tkazish boshlandi
21:15 / 13.09.2024