Jahon | 22:12 / 10.12.2020
8027
1 daqiqa o‘qiladi

Putin bir necha vazir koronavirusga chalinganini ma'lum qildi 

Hozirda Rossiya hukumatining bir necha vaziri koronavirusga chalingan, biroq ular o‘z uylaridan yoki shifoxonadan o‘z ishlarini davom ettirmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma'lum qildi.   

Foto: Picture Alliance

Putin buni Rossiya prezidentining Inson huquqlari bo‘yicha kengashi yig‘ilishida kengash a'zosi Yekaterina Vinokurovaning chiqishiga javoban ma'lum qilgan. Biroq Rossiya prezidenti koronavirusga chalingan vazirlarning ismlarini ovoza qilmagan.   

Vinokurova hokimiyat vakillari oddiy fuqarolardan farqli, koronavirusdan eng yaxshi sharoitlarda davolanishlari yoki cheklovlarga rioya qilishdan bosh tortishlariga Putinning e'tiborini qaratgan. U bunga misol sifatida Vladimir oblasti gubernatori Vladimir Sipyaginning koronavirusdan davolanish uchun Moskvaga ketganini keltirib o‘tgan.

“Davolanishga kelsak, bemor qayerda davolanishi kerakligini shifokorlar belgilaydi”, deb javob qilgan Putin. Rossiya rahbarining ta'kidlashicha, “regionlarning ko‘plab rahbarlari va vazirlar qayerda yashasalar, shu yerda davolanishadi”. “Darvoqe, ulardan aksariyati uyida, kimdir esa shifoxonada”, deb qo‘shimcha qilgan Putin.

Mavzuga oid