Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShni koronavirusning asosiy manbasi deb atadi
Pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 15 mln nafardan oshdi, 289 mingdan ortiq inson vafot etdi.
AQSh koronavirusning dunyodagi haqiqiy va eng yirik manbasiga aylandi, dedi Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili Xua Chunin Amerika prezidenti Donald Trampning “Xitoy virusi” to‘g‘risidagi so‘zlariga javoban.
“AQShga dunyo aholisining 4,2 foizi to‘g‘ri keladi, ammo kasallik yuqtirish ko‘rsatkichi butun dunyodagi tasdiqlangan holatlarning 22,2 foizini tashkil etadi. AQShda har million kishiga dunyoning qolgan mamlakatlaridagiga nisbatan besh baravar ko‘p o‘lim to‘g‘ri keladi. AQSh hozirda haqiqiy va eng yirik "virus manbasi"ga aylanganini hamma ko‘rib turibdi”, — dedi Xua Chunin.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ayrim tadqiqotlar koronavirus Xitoydan avval boshqa mamlakatlarda tarqalganligidan dalolat bermoqda.
“Biz amerikalik siyosatchilarga faktlar va fanga hurmat ko‘rsatishni hamda siyosiy o‘yinlar bilan shug‘ullanishni bas qilishni maslahat beramiz”, — dedi Xitoy tashqi ishlar vazirligi vakili.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirusni yana bir marta “Xitoy virusi” deb atagandi.
Chorshanba kuni AQShda koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord qayd etildi. Bir kun davomida uch mingdan ortiq kishi vafot etdi. Pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 15 mln nafardan oshdi, 289 mingdan ortiq inson vafot etdi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025