O‘zbekiston | 16:25 / 11.12.2020
40322
1 daqiqa o‘qiladi

Morgenshtern va'dasida turib, «Mercedes»ini buxorolik yigitga topshirdi

Reper Morgenshtern o‘zining «Mercedes»ini O‘zbekistonga olib kelib, buxorolik yigitga sovg‘a qildi. Buning uchun u 340 mln so‘m bojxona to‘lovlarini to‘lashiga to‘g‘ri keldi.

Rossiyalik reper Alisher Morgenshtern Buxoroga kelib, o‘zining «Mercedes-Benz E 200» avtomashinasini buxorolik Azim Abdullayevga topshirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Azim Abdullayev Instagram'da Morgenshtern o‘tkazgan va sovrin sifatida ushbu avtomobil va'da qilingan tanlov g‘olibi bo‘lgandi.

Buxoro shahridagi restoranlardan birida o‘tkazilgan uchrashuvda yigitning otasi reperga to‘n kiydirdi.

Kun.uz Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatidan olgan ma'lumotga ko‘ra, Morgenshtern «Mercedes-Benz E 200»ni O‘zbekistonga olib kirish uchun jami 340 mln so‘m bojxona to‘lovlarini to‘lagan.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik yulduz O‘zbekistonga avtomobil olib kirishdagi boj miqdoridan hayratda qolgan, bu esa avtosanoat monopoliyasi mavzusi ijtimoiy tarmoqlarda yana ko‘tarilishiga sabab bo‘lgandi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid