Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadan 700dan ko‘proq o‘zbekistonlik vatanga yo‘l oldi
12 dekabrda Rossiyaning Voljskiy shahridan (Volgograd oblasti) 700dan ko‘proq o‘zbekistonlik qo‘shimcha poyezd bilan vatanga jo‘natildi. Bu haqda Rossiya tomoni ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, poyezd Voljskiydan mahalliy vaqt bilan soat 21:57da (Toshkent vaqti bilan soat 22:57) Toshkentga yo‘l olgan. Barcha 722ta chipta sotib olingan. Ushbu reysga talab yuqoriligi sababli 19 va 26 dekabrga yana ikkita qo‘shimcha poyezd belgilangan.
Ma'lum qilinishicha, poyezd Rossiya hududida to‘xtashlarsiz harakatlanadi.
O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyadan olib chiqilishi ikki davlat o‘rtasidagi xalqaro kelishuvlar doirasida amalga oshirilmoqda. Rossiya tomonining ma'lum qilishicha, sentyabr oxiridan ayni vaqtgacha Voljskiydan O‘zbekistonga 31 mingdan ko‘proq o‘zbekistonlik olib chiqilgan.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
22:24 / 12.05.2025