Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyo bo‘ylab bir muddat Google va YouTube ishlamay qoldi
O‘zbekistonda bir muddat Google kompaniyasiga tegishli servislar, xususan, Gmail, YouTube va Google Drive ishlamay qoldi. Shuningdek, Google'ning qidiruv tizimida ham uzilish kuzatildi.

Ma'lum bo‘lishicha, Google faoliyatidagi nosozliklar butun dunyo bo‘ylab kuzatilgan. Yarim soatdan ko‘proq vaqt davomida Google'ning ichki muammosi sabab butun dunyoda kompaniyaning servislari faoliyatida uzilish kuzatilgan. Ayniqsa Google qidiruv tizimi va YouTube'dan foydalanuvchilarga uzilish tezda sezildi. Foydalanuvchilar nosozlik haqida o‘z sahifalarida yozishdi.
«Bilamiz, Google'ning servislariga kirishda muammolar kuzatilmoqda. Biz muammoni hal qilamiz», deb yozildi Google'ning Tvitterdagi sahifasida. Ayni damda kompaniya servislaridagi muammo bartaraf etilgan.
Mavzuga oid

09:55 / 15.05.2025
“Sun’iy idrok hali o‘zbekchani to‘liq tushunmaydi” – Google’dagilarga dars o‘tgan o‘zbek qizi

23:45 / 05.05.2025
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi

10:48 / 24.04.2025
YouTube'dagi birinchi video 20 yoshga to‘ldi

20:45 / 22.04.2025