Jahon | 18:54 / 15.12.2020
5043
1 daqiqa o‘qiladi

NATO yadro qurolini taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomaga qarshi chiqdi

NATOning ta'kidlashicha, xalqaro tartibni buzib kelayotgan mamlakatlarda yadro quroli bo‘lib, alyansda esa bo‘lmas ekan, xavfsizlik to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mumkin emas. 

Foto: AP Photo/Olivier Matthys

NATO yadro qurolini taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomaga qarshi chiqdi. Bu haqda alyans saytida xabar qilindi.

«Biz qurollanish ustidan nazorat, qurolsizlanish va qurol tarqatmaslikka sodiqligimizni tasdiqlaymiz. Biz yadro qurolini taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomaga qarshimiz, chunki u borgan sari murakkablashayotgan xalqaro xavfsizlik muhitini aks ettirmaydi», — deyiladi alyans bayonotida.

NATOning ta'kidlashicha, xalqaro tartibni buzib kelayotgan mamlakatlarda yadro quroli bo‘lib, alyansda esa bo‘lmas ekan, xavfsizlik to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mumkin emas. 

Yadro qurolini taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma 2021 yil 22 yanvardan kuchga kiradi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid