Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada migrantlarning vaqtinchalik bo‘lish muddati uzaytirildi
Yangi koronavirus infeksiyasi pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat tufayli Rossiyada migrantlarning vaqtincha bo‘lish muddati 2021 yil 15 iyungacha uzaytirildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tegishli farmoni huquqiy ma'lumotlarning rasmiy internet portalida e'lon qilindi.
«Rossiya Federatsiyasi prezidentining 2020 yil 18 apreldagi 274-sonli «Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holatini yangi koronavirus infeksiyasi keng tarqalishi xavfi munosabati bilan tartibga solish bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga quyidagi o‘zgarishlar kiritilsin: a) 1-bandning birinchi xatboshidagi «2020 yil 15 dekabrgacha» degan so‘zlar «2021 yil 15 iyunga qadar» degan so‘zlar bilan almashtirilsin», - deyiladi hujjatda.
Avvalroq, Rossiyada o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga 15 dekabrgacha imtiyozlar berilishi xabar qilingandi.
Rossiya hududida nolegal bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ro‘yxatdan o‘tish va ruxsat beruvchi boshqa hujjatlarning amal qilish muddati tugashidan (15 martgacha yoki undan keyin) qat'i nazar yashash manzili bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi IIV organlariga murojaat qilib, 2020 yilning 15 dekabriga qadar mamlakatda bo‘lishni qonuniylashtirishi mumkin.
Fuqarolarga nisbatan ma'muriy chiqarib yuborish, deportatsiya qilish, ilgari berilgan vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma, yashash uchun ruxsatnoma, ishlash uchun ruxsatnoma va patentni bekor qilish, shuningdek Rossiyaga kirishni taqiqlash kabi choralar qo‘llanilmaydi.
Mavzuga oid
23:26 / 19.05.2025
Rossiyada oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning uch farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025