Jahon | 22:13 / 17.12.2020
4047
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Baydenning o‘g‘liga qarshi ehtimoliy tergovga aloqasi yo‘qligini aytdi 

AQSh prezidenti Donald Tramp saylangan prezident Jo Baydenning o‘g‘li Xanter Baydenga nisbatan ehtimoliy tergovga aloqasi yo‘qligini aytdi. 

Foto: Picture Alliance

“Men Xanter Bayden yoki Bayden oilasiga qarshi olib borilishi mumkin bo‘lgan tergovga aloqam yo‘q. Shunchaki yana bir yolg‘on xabar. Aslida, menga buni kuzatish qayg‘uli”, deb yozgan Tramp tvitterda.

11 dekabrda The Wall Street Journal nashri Tramp 3 noyabrda o‘tgan prezident saylovlaridagi ehtimoliy soxtalashtirishlar hamda Xanter Bayden faoliyatiga taalluqli masalalarni tergov qilish uchun maxsus prokuror tayinlanishga erishmoqchiligini ma'lum qilgan. 

Oktyabrda OAV ixtiyoriga Xanter Baydenning elektron yozishmalari tushgan. Ushbu yozishmalardan Xanter Bayden Ukrainaning Burisma kompaniyasi vakiliga o‘z otasi Jo Bayden AQSh vitse-prezidenti bo‘lganda u bilan uchrashuvni tashkillashtirgan bo‘lishi mumkinligi kelib chiqadi. Yozishmalar, shuningdek, Bayden oilasi va Xitoy kompaniyalari o‘rtasida moliyaviy aloqalar borligidan darak berishi mumkin. 

Mavzuga oid