O‘zbekiston | 13:15 / 21.12.2020
6698
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston 23,8 ming tonna mandarin import qildi

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1 dekabr holatiga O‘zbekiston 11ta xorijiy davlatdan qiymati 4,0 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 23,8 ming tonna mandarin import qilgan. 

Foto: Getty Images

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda, mandarin import hajmi 0,8 ming tonnaga kam.

O‘tgan 11 oy davomida O‘zbekiston mandarin mahsulotini eng ko‘p import qilgan davlatlar:

  • Pokiston – 19,5 ming tonna;
  • Xitoy – 2,2 ming tonna;  
  • Turkiya – 1,3 ming tonna; 
  • Misr – 214,2 tonna;
  • Qozog‘iston – 156,3 tonna.

Ma'lumot o‘rnida, 2019 yilning 1 dekabr holatiga O‘zbekiston 24,6 ming tonna mandarin import qilgan.

Mavzuga oid