Xitoy kompaniyasi korpusi rangi o‘zgaruvchi smartfonni taqdim etdi
Xitoyning OnePlus kompaniyasi o‘z korpusi rangini o‘zgartira oluvchi yangi smartfonni taqdim etdi. Smartfonning ushbu antiqa xususiyatini namoyish qiluvchi video internetda e'lon qilindi.
Mobil texnika bozorida biror yangilik bilan ajablantirish tobora qiyinlashib borayotgan hozirgi paytda, OnePlus kompaniyasi buning uddasidan chiqishga yaqin turibdi. Gap shundaki, uning yangi 8T Concept deb atalgan tajribaviy smartfoni orqa paneli turli hodisalarga va datchiklardan olinuvchi signallarga javoban o‘z rangini o‘zgartira oladi.
Qurilmada bunday antiqa xususiyat Electronic Color, Material and Finish (ECMF) deb nomlangan texnologiya qo‘llanishi evaziga paydo bo‘lgan. Ushbu texnologiyada metall oksidi negizidagi o‘ziga xos plyonka qo‘llanadi. Ushbu plyonka orqa panelni qoplagan oyna ostida joylashadi. Aynan shu material kuchlanish ta'sirida o‘z rangini o‘zgartiradi. Videoda namoyish qilingan smartfonda uning orqa paneli to‘q ko‘kdan kumushrangga o‘zgarishini ko‘rish mumkin.
Ushbu qurilmani ishlab chiqqan mutaxassislar xaridorlar e'tiborini bunday yangilikning amaliy foydasiga qaratishmoqda. Rangning o‘zgarishi foydalanuvchiga olingan xabarlar yoki o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroqlar haqida ma'lum qilishi mumkin. Bundan tashqari, ushbu funksiya foydalanuvchi nafas olishi ritmi bilan sensor-radar (mmWave) yordamida sinxronlashtirilishi mumkin. Yangi smartfonni bunday holatda qo‘shimcha fitnes-opsiyalar uchun qo‘llash mumkin.
Kompaniyada 8T Concept tijoriy qurilma sifatida bozorga chiqarilishi borasida aniqlik kiritilmagan.
Mavzuga oid
14:35 / 09.10.2024
Eksperiment: Ma’ruzada smartfonlardan qisqa muddat foydalanish talabalarga diqqatni jamlashga yordam berishi mumkin
12:24 / 06.09.2024
Smartfonlar miya saratoniga sabab bo‘lishi haqidagi fikrlar asossiz deb topildi
15:18 / 22.04.2024
Prokuratura va qator davlat idoralari qimmatbaho smartfonlar sotib olmoqda
15:32 / 13.04.2024