Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chiroqchida bir sutkada 16 soatgacha chiroq o‘chirilayotgani ma'lum qilindi
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida odamlar 1 sutkada 16 soatgacha elektr energiyasidan mosuvo holda yashashga majbur bo‘lmoqda. Bu haqda mazkur tumanda chiroq o‘chirilishi masalasida monitoring olib borgan O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
«Ob-havoning keskin sovib ketishi sababli iste'molchilarning elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyojlari kundan-kun ortib bormoqda. Xususan, O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi joylarda elektr energiyasi va undagi uzilishlar yuzasidan monitoring ishlarini olib bormoqda.
O‘rganishlar davomida Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida haqiqatda 12-16 soatgacha elektr tarmoqdan rejasiz uzilish holatlari kuzatildi. Natijada aholi tomonidan haqli e'tiroz va noroziliklar ko‘paymoqda», deyiladi xabarda.




Qayd etilishicha, O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi iste'molchilarni haq huquqlari buzilish holatlarini yuzaga keltirgan «Hududiy elektr tarmoqlari» bo‘yicha sudga da'vo arizalarini kiritib bormoqda.
Mavzuga oid
18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
23:55 / 08.04.2025
O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi
14:32 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
19:11 / 31.03.2025