Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariyada koronavirusga qarshi emlash kampaniyasi boshlandi
23 dekabrda Shveytsariyada Pfizer/BioNTech kompaniyalarining koronavirusga qarshi vaksinasi bilan birinchi emlash amalga oshirildi. Vaksina Lyutsern regionidagi qariyalar uyida yashovchi 90 yoshli ayolga kiritilgan.
Swiss Info nashrining xabar berishicha, aholini emlashning asosiy qismi 4 yanvardan boshlanadi. Vaksinani birinchi navbatda yuqori xavf guruhiga kiruvchi kishilar (75 yoshdan kattalar, surunkali kasalliklarga ega bo‘lganlar, so‘ngra 65 yoshdan kattalar); tibbiy xodimlar yoki bemorlarga qarovchi yoki ular bilan yaqin aloqada bo‘luvchilar; yuqori xavf guruhiga kiruvchi odamlar bilan yaqin aloqada bo‘luvchilar; virus tarqalishi xavfi yuqori bo‘lgan joylarda yashovchilar yoki ishlovchilar oladi.
Bir necha kun avval mamlakatning mutasaddi idoralari Pfizer/BioNTech vaksinasini qo‘llashga ruxsat bergan. Bu buyurtirilgan 3 mln doza vaksinadan birinchi 107 mingtasini olishga imkon bergan.
Shveytsariyada boshqa vaksinalar, jumladan Moderna va AstraZeneca kompaniyalari vaksinalari ham qo‘llash uchun ko‘rib chiqilmoqda. 8,5 mln aholiga ega Shveytsariya ushbu kompaniyalardan hammasi bo‘lib 15,8 mln doza vaksina buyurtirgan.
Mavzuga oid
14:10 / 26.05.2025
Shveytsariya G‘azoga yordam fondiga nisbatan tekshiruv boshladi
01:40 / 15.05.2025
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
21:20 / 09.05.2025
Shveytsariyada qo‘shnisining mushugiga ovqat bergan ayol sud qilinmoqda
21:40 / 30.04.2025