Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada yonib ketgan archa bo‘yicha rasmiy ma'lumot berildi
Joriy yilning 23 dekabr kuni soat 13:26da Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori kirish eshigi qarshisida o‘rnatilayotgan sun'iy 4 metrli archa yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan, deb yozmoqda viloyat FVB matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, yong‘in sodir bo‘layotgan joyga soat 13:27da chiqib, soat 13:30da yetib borilgan. Yong‘in soat 13:31da o‘rab olinib, soat 13:33da o‘chirilgan. Voqea joyiga viloyat FVB rahbari chiqqan. Yong‘inga 1ta YoQElari jalb etilgan. Yong‘in oqibatida hech qanday talafot va fuqarolarning jabrlanish holatlari qayd etilmadi.
Farg‘ona viloyati hokimligi va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi viloyat aholisi hamda korxona, tashkilot va muassasa rahbarlaridan tegishli idoralar bilan kelishilmagan holda yangi yil archalarini o‘zboshimchalik bilan o‘rnatmaslikni so‘ragan.
Mavzuga oid
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti
17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?
12:15 / 28.04.2025