O‘zbekiston | 07:25 / 24.12.2020
19558
1 daqiqa o‘qiladi
Fotogalereya: Toshkentdagi yangi yil maydoni - bayram arafasida
Toshkentda yangi yil bayramini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun 20 dekabrdan boshlab O‘zbekiston milliy kutubxonasi oldida bayramona bezatilgan maydon ochildi.
Yangi yil archasi o‘rnatilgan maydonda kun davomida konsert va shou dasturlar, sirk namoyishlari tashkil etilmoqda.
Bayram tadbirlari 2021 yilning 10 yanvariga qadar har kuni soat 10:00dan kechki 22:00gacha davom etadi.
Kun.uz fotomuxbiri bayram maydonidagi kayfiyatni aks ettiruvchi suratlar jamlanmasini taqdim etadi.
Eslatib o‘tamiz, bayram tadbirlari vaqtida karantin qoidalariga rioya qilishni unutmang.
Suratlar muallifi – Muhammadjon G‘aniyev