Jahon | 20:28 / 25.12.2020
3820
1 daqiqa o‘qiladi

Tunisda favqulodda vaziyat rejimi yarim yilga uzaytirildi 

Tunis prezidenti Kais Said mamlakatda 2015 yilda kiritilgan favqulodda vaziyat rejimini uzaytirish haqidagi farmonni imzoladi.  

Foto: AFP 2020 / Fred Dufour

Favqulodda vaziyat rejimi yana 6 oy - 2020 yil 26 dekabrdan 2021 yil 23 iyungacha amal qiladi. Rejim 2015 yil 24 noyabrda Tunis poytaxti markazida terakt sodir etilgandan keyin kiritilgan edi. O‘shanda terrorchi-xudkush tomonidan prezident qo‘riqlash xizmatining avtobusiga sodir etilgan hujum oqibatida 13 kishi halok bo‘lgan, yana 20 kishi yaralangan.

Dastlab 30 kunga kiritilgan favqulodda vaziyat rejimi o‘shandan beri muntazam ravishda uzaytirilib kelinadi. Oxirgi marta u 25 noyabrda bir oyga uzaytirilgandi. 

Mavzuga oid