Taxtiqoracha dovonida avtotransport vositalari harakati tiklandi
Taxtiqoracha dovonida avtotransport vositalarining harakati tiklandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtiqoracha dovonida qor yog‘ib, yo‘lning qatnov qismida muzlamalar hosil bo‘lganligi sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklangan edi.
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, yo‘llarni qordan tozalash ishlari olib borilib, muzlamalarni eritish uchun qum-tuz aralashmalari sepilib zaruriy choralar ko‘rildi.
Ayni vaqtda dovon yo‘lida avtotransport vositalari harakatiga ruxsat berilib, qatnov davom etmoqda.
Mavzuga oid
12:51 / 14.03.2021
Taxtiqoracha dovoni qordan tozalanib, avtomobillar harakati uchun ochildi
22:51 / 13.03.2021
Taxtiqoracha dovoni vaqtincha yopildi
13:09 / 25.02.2021
Taxtiqoracha dovonida transport vositalari harakati tiklandi
23:09 / 27.12.2020