Jahon | 03:18 / 02.01.2021
10725
1 daqiqa o‘qiladi
AQShda koronavirus yuqtirish holatlari soni 20 milliondan oshdi
Eng ko‘p kasallanish holatlari Kaliforniya (2,30 million), Texas (1,77 million), Florida (1,32 million), Nyu-York (979 ming) va Illinoysda (963 ming) qayd etilgan.
AQShda koronavirus yuqtirish holatlari soni 20 milliondan oshdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma'lum qildi.
Ma'lumot berilishicha, mamlakatda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 20 mln 7 mingdan ortiq holat qayd etilgan, o‘limlar soni esa 346,4 mingdan oshgan.
Eng ko‘p kasallanish holatlari Kaliforniya (2,30 million), Texas (1,77 million), Florida (1,32 million), Nyu-York (979 ming) va Illinoysda (963 ming) qayd etilgan.
AQSh koronavirus yuqtirganlar va o‘lim holatlari soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turibdi.