Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada AstraZeneca vaksinasi bilan emlash boshlandi
Mamlakat hukumati dekabr boshlarida dunyoda birinchi bo‘lib Pfizer va BioNTech kompaniyalari birgalikda ishlab chiqargan vaksinani ma'qullagandi.
Buyuk Britaniyada bir nechta shifoxonada AstraZeneca kompaniyasi ishlab chiqqan vaksina bilan emlash boshlandi. Bu haqda Sky News xabar berdi.
Vaksina bilan dunyoda birinchi bo‘lib Cherchilldagi shifoxonada davolanayotgan 82 yoshli Brayan Pinker emlandi.
Qayd etilishicha, dastlab Oksford, Sasseks, Lankashir, Uorikshir hamda Londonda joylashgan jami oltita shifoxona 53 ming doza vaksina oladi. So‘ngra vaksina 700dan ortiq vaksinatsiya punktlariga yetkaziladi.
Buyuk Britaniya milliy sog‘liqni saqlash xizmatining bildirishicha, minglab shifokorlar koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha onlayn-mashg‘ulotlarni o‘tashgan.
Mamlakat hukumati dekabr boshlarida dunyoda birinchi bo‘lib Pfizer va BioNTech kompaniyalari birgalikda ishlab chiqargan vaksinani ma'qullagandi.
30 dekabr kuni esa Buyuk Britaniya dori vositalarini nazorat qilish agentligi (MHRA) AstraZeneca Angliya-Shvetsiya farmatsevtika kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasidan foydalanishni ma'qulladi.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025