Nensi Pelosi AQSh vakillar palatasi spikeri lavozimiga qayta saylandi
80 yoshli demokrat Nensi Pelosi AQSh kongressi vakillar palatasi spikeri lavozimiga qayta saylandi. Pelosi ushbu lavozimni 2007-2011 yillarda va 2019 yildan beri egallab kelgan.
Ushbu lavozimga ikkinchi nomzod 55 yoshli respublikachi Kevin Makkarti bo‘lgan. Pelosini 216 deputat, Makkartini esa 209 deputat qo‘llab-quvvatlagan. Ba'zi demokratlar Pelosi vakillar palatasiga bunchalik uzoq vaqt rahbarlik qilayotganidan norozilik bildirishgan.
Avvalroq Pelosi spiker lavozimiga oxirgi muddatga nomzodini ilgari surayotganini aytgan. U kongressga ilk bor 1987 yilda kirgan. 2003 yildan esa vakillar palatasida demokratlar yetakchisi hisoblanadi.
2020 yilgi saylovlarda Demokratik partiya vakillar palatasidagi ba'zi o‘rinlarni yo‘qotgan, biroq o‘z ortidan ko‘pchilikni saqlab qolgan.
Mavzuga oid
22:43 / 30.11.2022
AQSh demokratlari Nensi Pelosi o‘rniga yangi nomzodni sayladilar
20:46 / 17.09.2022
Nensi Pelosi Armanistonga bordi
15:38 / 11.08.2022
Xitoy: Pelosi tashrifi tufayli Tayvanda boshlangan harbiy mashg‘ulotlar yakunlandi
15:57 / 05.08.2022