Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arab davlatlari Qatardan iqtisodiy blokadani olishga qaror qildi
Saudiya Arabistoni va Qatar hukumatlari o‘zaro munosabatlar yaxshilanishi haqidagi kelishuvni imzolamoqchi. Bu haqda AQSh ma'muriyatidagi manbaga tayanib Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Kelishuv Saudiya Arabistonida o‘tadigan Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashining 41-sammiti doirasida imzolanishi kutilmoqda.
Kelishuv doirasida Saudiya Arabistoni Qatar bilan quruqlikdagi, havo va dengiz chegaralarini ochadi. Bu haqda Kuvayt tashqi ishlar vaziri Ahmad Nosir As-Saboh ma'lum qilgan. Ta'kidlanishicha, Saudiya Arabistoni Qatardan blokadani olmoqchiligiga ishora qilgan. Biroq Bahrayn, BAA va Misr hozircha bunday qilmayapti, ammo AQSh ma'muriyatida ular ham Ar-Riyodning qaroriga qo‘shilishlariga umid bildirilmoqda. O‘z navbatida, Qatar blokada bilan bog‘liq barcha da'volaridan voz kechadi.
Reuters manbasining xabar berishicha, Qatardan blokada olinadi, bu esa davlatlar orasida harakatlanish hamda mahsulotlar tashish imkonini beradi hamda mintaqada ko‘proq barqarorlikka olib keladi.
Ta'kidlanishicha, 4 arab davlati va Qatar o‘rtasida munosabatlarning yaxshilanishi bo‘yicha muzokaralarda AQSh prezidenti kuyovi va maslahatchisi Jared Kushner ham ishtirok etgan. U va amerikalik bir qator amaldorlar Qatar bilan munosabatlarning yaxshilanishi haqidagi kelishuvning imzolanishida ishtirok etishlari kutilmoqda.
2017 yil yozida Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Dohani o‘z ichki ishlariga aralashishda va terrorchilikni qo‘llab-quvvatlashda ayblab, u bilan diplomatik aloqalarni uzishga qaror qilgan. Buning ortidan Qatarga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar va transport blokadasi kiritilgan. Jumladan, 4 arab davlati Qatar aviatsiyasi uchun o‘z havo hududlarini yopgan. Qatarda esa qo‘shni davlatlarning bu qarori hech qanday asosga ega emasligi aytilgan.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
07:50 / 22.05.2025
Pentagon Qatar tomonidan Trampga sovg‘a qilingan samolyotni qabul qildi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
11:45 / 15.05.2025