Jahon | 17:31 / 05.01.2021
13765
2 daqiqa o‘qiladi

Eron Trampni Interpol yo‘nalishida qidiruvga berdi

Eron Sulaymoniyning o‘ldirilishi bo‘yicha surishtiruv ishlarida mintaqadagi olti davlat bilan hamkorlik qilmoqda.

Foto: The Washington Post/Getty Images

Eron Bag‘dod aeroportida general Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi sababli AQShning 48 nafar fuqarosi, jumladan, prezident Donald Trampni xalqaro qidiruvga berdi. 

 Bu haqda Eron oliy sudi matbuot kotibi G‘ulom Husayn Ismoiliy ma'lum qildi.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron Sulaymoniyning o‘ldirilishi bo‘yicha surishtiruv ishlarida mintaqadagi olti davlat, birinchi navbatda Iroq bilan hamkorlik qilmoqda.

«Generalning o‘ldirilishiga aloqador 48 nafar shaxsni aniqlashga muvaffaq bo‘ldik. Ular orasida AQShning rasmiy shaxslari, jumladan, Pentagon va AQShning mintaqadagi qo‘mondonligi a'zolari bor. Ammo asosiy rolni prezident Donald Tramp o‘ynagan. Ularning barchasiga nisbatan Interpolning qizil sirkulyari bo‘yicha qidiruv e'lon qilindi», - dedi Ismoiliy.

Qosim Sulaymoniy 2020 yil 3 yanvarda Bag‘dod aeroporti yaqinida AQSh droni zarbasi natijasida o‘ldirilgandi. U bilan birga 4 nafar eronlik harbiy va Iroq armiyasining 5 vakili halok bo‘lgan.

Mavzuga oid