Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uyning yuqori lavozimli amaldorlari birin-ketin iste'foga chiqa boshladi
AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert O'Brayyen, siyosiy muvofiqlashtirish bo‘yicha prezident yordamchisi Kristofer Liddel ham iste'fo berishi mumkinligi aytilmoqda.
AQShning birinchi xonimi Melani Tramp ma'muriyati rahbari Stefani Grishem Vashingtondagi tartibsizliklar ortidan iste'fo berdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.
Agentlikning ma'lumot berishicha, Grishem zudlik bilan lavozimini tark etmoqchi ekanligini aytgan.
Shuningdek, Oq uyning ijtimoiy kotibi Riki Niketa va Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Sara Metyuz ham iste'foga chiqqan.
CNN telekompaniyasining xabar berishicha, bundan tashqari, tartibsizliklar ortidan Donald Trampning xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Mettyu Pottinger iste'fo berdi.
Telekanalning bildirishicha, prezidentning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert O'Brayyen, siyosiy muvofiqlashtirish bo‘yicha prezident yordamchisi Kristofer Liddel ham iste'fo berishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 6 yanvar kuni Trampning tarafdorlari AQSh kongressiga bostirib kirishdi. Keyinroq kuch ishlatish tuzilmalari namoyishchilarni konress binosidan siqib chiqarishdi.
Tartibsizliklar vaqtida to‘rt kishi halok bo‘ldi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025