Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xivadagi xonadonda gaz portlashi oqibatida 15 yoshli qiz halok bo‘ldi
2021 yil 8 yanvar kuni soat 03:41da Xorazm viloyati Xiva shahri Islomxo‘ja ko‘chasi, 6-uyda sizib chiqqan tabiiy gaz va havo aralashmasi natijasida portlash sodir bo‘lgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, portlash natijasida yashash uyining devorlari va tomi qulagan hamda uyning 70 kv.m. maydonida tom bostirmasida yong‘in sodir bo‘lgan.
Voqea joyida FVB yong‘in-qutqaruv xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida soat 04:50larda uy egasi qizining (2005 y.t.) jasadi bino konstruksiyasi uyumlari orasidan olib chiqildi. Yong‘inda uy egasi Sh.E.ning yuz qismi, qo‘llari 22 foiz termik kuyib, shifoxonaga yotqizilgan.
Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarining buzilishi chaqnashning asosiy sababi, deb taxmin qilinmoqda.

Voqea joyiga viloyat hokimi boshchiligida IIB, FVB, SSB va boshqa tegishli idoralarning kuch hamda vositalari jalb qilinib, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
20:30 / 20.05.2025
Xivadagi Dishan qal’a qayta tiklanadi
13:37 / 07.05.2025
Yevropa komissiyasi Rossiya gazidan voz kechish rejasini taqdim etdi
13:48 / 06.05.2025