Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyadagi aviahalokat: qurbonlar jasadlari topildi
Yava dengizida 9 yanvarda Sriwijaya Air aviakompaniyasining Indoneziya poytaxti Jakarta yaqinida halokatga uchragan samolyotida bo‘lgan yo‘lovchilarning jasadlari topildi.
Jakarta huquq-tartibot boshqarmasi vakili Umar Shahobning ma'lum qilishicha, jasadlar qirg‘oqqa yetkazilgan va o‘likxonaga DNK bo‘yicha shaxslarni o‘rnatish uchun jo‘natilgan.
Shuningdek, dengizda samolyotga tegishli bo‘lishi mumkin bo‘lgan ba'zi bo‘laklar topilgan.
Ta'kidlanishicha, samolyot qulagan ehtimoliy hududga Indoneziya harbiy-dengiz kuchlarining 10ta kemasi va 40ga yaqin g‘avvos jo‘natilgan. Ular hududni ko‘zdan kechirib chiqishadi.
9 yanvarda Indoneziyaning Sriwijaya Air aviakompaniyasining Boeing 737-500 samolyoti Jakartadan havoga ko‘tarilgach ko‘p o‘tmay balandlikni yo‘qotgan va Laki oroli yaqinida Yavan dengiziga qulagan. Samolyotda 65 kishi, jumladan ekipajning 12 a'zosi bo‘lgan.
Qutqaruvchilarning ta'kidlashicha, noma'lum sabablarga ko‘ra samolyot falokat signallarini bermagan.
2018 yil oktyabrda ham Indoneziyaning Lion Air aviakompaniyasi samolyoti ishtirokida aviahalokat yuz bergandi. O‘shanda Jakartadan havoga ko‘tarilgan Boeing 737 Max 8 samolyoti parvozning 11-daqiqasida Yava dengiziga qulagan. Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, 189 kishining o‘limiga olib kelgan aviahalokatga samolyotdagi muammolar sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
21:14 / 05.05.2025
Janubiy Koreya aeroportlar yaqinida qushlarni nazorat qilishni kuchaytiradi
23:18 / 02.05.2025