Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada halokatga uchragan Boeing’ning qora qutisi dengiz tubidan chiqarildi
Indoneziyada g‘avvoslar 9 yanvarda Yava dengiziga qulagan Boeing 737-524 yo‘lovchi samolyotining qora qutisini dengiz tubidan yuzaga chiqarishdi.
Qora quti Shimoliy Jakarta portiga yetkazilgan va jurnalistlarga namoyish qilingan. Suratlarda ichi yarmigacha suv bilan to‘lgan shaffof idish va uning ichida joylashgan qora qutini ko‘rish mumkin.
Quti aviahalokatning tergovini olib borayotgan Transportdagi xavfsizlik milliy qo‘mitasiga topshiriladi.
Avvalroq qidiruv guruhlari samolyot qulagan joyda bortyozgichning radiomayog‘i signalini ushlashga muvaffaq bo‘lishgandi. So‘ngra dengiz tubida qutining o‘zi topilgan.
Indoneziya poytaxti Jakartadan Pontianakka reys bajargan samolyot havoga ko‘tarilgandan ko‘p o‘tmay radarlar ekranidan g‘oyib bo‘lgandi. Keyinroq samolyot Yava dengiziga qulagani ma'lum qilingan.
Samolyotda 62 kishi, jumladan ekipajning 10 a'zosi bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan. Qutqaruvchilar samolyot bo‘laklari, qurbonlarning jasadlari va shaxsiy buyumlarini aniqlashgan.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
21:14 / 05.05.2025
Janubiy Koreya aeroportlar yaqinida qushlarni nazorat qilishni kuchaytiradi
23:18 / 02.05.2025