«O‘zbekkino»: Toshkentda shov-shuvli kino haftaligi davom etmoqda
11 yanvardan Toshkentda konsert dasturlari, katta premeralar, yangi kinoloyihalarga bag‘ishlangan «O‘zbek milliy kino san'ati haftaligi» start oldi.
«O‘zbekkino» Milliy agentligi tashabbusi bilan yil boshidan tashkil etilgan shov-shuvlarga boy haftalik o‘zining turli voqeliklari bilan kinoixlosmandlariga manzur bo‘lmoqda.
Haftalikning birinchi va ikkinchi kunlariga qisqacha to‘xtaladigan bo‘lsak, ushbu kunlarda «Men terrorchi emasman», «Sumbul» filmlarining ilk premeralari, taniqlilar uchun tashkil etilgan «qizil yo‘lakcha», kastinglar, mahorat darslari, kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.
«Men terrorchi emasman» filmi ijodkorlari ishtirokida tashkil etilgan brifing bilan boshlangan uchinchi kun ham mehmonlarda unutilmas taassurot qoldirdi.
Ayniqsa, yosh kinoijodkorlarga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlagan mahorat darslari esda qolarli lahzalarga boy o‘tdi. Mahorat darslari Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist, o‘zbek tomoshabinlariga «Baron» filmi bilan yaxshi tanilgan mahoratli aktyor Farhod Mahmudov, taniqli kinorejissyor Ali Hamroyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Seydulla Moldaxanov va mahoratli rejissyor Ayub Shahobiddinovlar ishtirokida tashkil etildi.
O‘zbek kinosiga bag‘ishlangan ushbu haftalikda hali ekran yuzini ko‘rmagan filmlarning premeralari ketma-ketligi davom etmoqda. Bugun, 13 yanvar kuni ham yosh rejissyor Zohid Zokirov tomonidan suratga olingan, komediya janridagi «Millioner Jonibek» badiiy filmining katta ekrandagi ilk namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Haftalikning eng muhim voqeliklaridan yana biri – «Riviera» kinoteatrining ochilishi bo‘ldi. Yangi kinoteatrda birinchi marta «Faridaning ikki ming qo‘shig‘i» filmi rus tilida mehmonlar e'tiboriga havola etildi.
Kino haftalikning qolgan kunlari ham qiziqarli va mazmunli o‘tishi kutilmoqda. Jumladan, ushbu kunlar hujjatli filmlar taqdimoti, «Debyut» yosh kinoijodkorlar festivallari bo‘lib o‘tadi, ularda Toshkent xalqaro kinofestivalini qayta tiklash hamda Shuhrat Abbosovning 90 yillik yubileyi haqida ham so‘z yuritiladi.
«O‘zbekkino» Milliy agentligi axborot xizmati
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
07:55 / 08.04.2021
«O‘zbekkino» milliy agentligi Kinematografiya agentligi etib qayta nomlandi
20:00 / 16.01.2021
Toshkentda Milliy kino san'ati haftaligi qanday o‘tdi?
23:03 / 17.12.2020
«Biz ham Faridalarmiz» - kinoshunos Oskar mukofotiga da'vogar o‘zbek filmi haqida
13:38 / 17.12.2020