Qozog‘istonda koronavirusga qarshi mahalliy vaksina ro‘yxatdan o‘tkazildi
Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi mahalliy vaksina QazCOVID-in’ni vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Vaksina 2020 yil 31 dekabrda 9 oyga ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Nurlibek Asilbekovning ma'lum qilishicha, yaqin orada Rossiyada ishlab chiqilgan “Sputnik V” vaksinasini vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Hozirda QazCOVID-in vaksinasi klinik sinovlarning yakuniy 3-bosqichidan o‘tmoqda. Qozog‘istonda dekabrda vaksinaning 3-bosqichi doirasida ilk 3 ming ko‘ngillining emlanishi boshlangan. Vaksinani mart o‘rtalaridan ommaviy ravishda ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Vaksina Biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan. U Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ro‘yxatiga kiritilgan.
2020 yil dekabrda Qarag‘andadagi farmatsevtika majmuasi negizida Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasining ishlab chiqarilishi boshlangan. Majmuada ushbu vaksinadan bosqichma-bosqich 2 mln doza ishlab chiqarish hamda 2021 yil fevraldan u bilan aholini ixtiyoriy ravishda ommaviy emlashni boshlash rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
12:25
O‘zbekiston va Qozog‘iston mavsumiy meva-sabzavotlarni o‘zaro yetkazib beradi
17:43 / 25.11.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida yuzlab yuk mashinalari to‘planib qoldi
16:51 / 25.11.2024
Bolalarda ham qo‘llash mumkin bo‘lgan maymun chechak vaksinasi tasdiqlandi
12:47 / 22.11.2024