Jahon | 02:04 / 15.01.2021
65209
1 daqiqa o‘qiladi

FVV: Tojikistondagi Qayroqqum suv omboriga shikast yetgani haqidagi xabarlar yolg‘on

Qayroqqum suv ombori bus-butun, unga talafot yetgani va suv bosayotgani haqida tarqalayotgan xabarlar haqiqatga zid.

Foto: TripAdvisor

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmatining shoshilinch xabarnomasiga ko‘ra, 14 yanvar kuni yarim tunda ijtimoiy tarmoqlarda Tojikiston hududida joylashgan Qayroqqum suv ombori o‘pirilgani to‘g‘risida xabar tarqalgan.

“Bu xabarlar haqiqatga zid va biror asosga ega emas. Tojikiston Favqulodda vaziyatlar tizimining aniq ma'lumotlariga ko‘ra Qayroqqum suv ombori bus-butun, unga talafot yetgani va suv bosayotgani haqida tarqalayotgan xabarlar yolg‘ondan iborat. O‘zbekiston Respublikasi FVV bu kabi xabarlarga ishonmaslikka va xotirjamlikka chaqiradi”, – deyiladi xabarda.

Kun.uz’ga ma'lum bo‘lishicha, bu yolg‘on xabar toshqindan zarar ko‘rgan Sardoba, Mirzaobod, Oqoltin kabi tumanlarda jiddiy vahima uyg‘otgan. Ayrimlar o‘z yashash hududini tark etishga oshiqqani tufayli yo‘llarda tirbandliklar paydo bo‘lgan.

Mavzuga oid