Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyada yuz bergan zilzilada 3 kishi halok bo‘ldi
Indoneziyada yuz bergan 6,2 magnitudali zilzilada kamida 3 kishi halok bo‘ldi. Bundan tashqari, 24 kishi jarohat oldi.
Zilzilalar G‘arbiy Sulavesi provinsiyasida qayd qilingan. Uning o‘chog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lgan.
“Moddiy zarar bor, jumladan “Maleo” mehmonxonasi va G‘arbiy Sulavesi gubernatori ofisiga zarar yetgan”, deb aytilgan xabarda.
Bundan tashqari, Mamujuda 62ta uy, tibbiy markaz va harbiy idoraga zarar yetgan. Uchta joyda ko‘chki yuz berib, Mamujuni Majyene bilan bog‘lovchi asosiy yo‘lni to‘sib qo‘ygan.
Ma'lum qilinishicha, tibbiy markaz vayronalari ostida bemorlar va tibbiy xodimlar, jami 10ga yaqin kishi qolib ketgan. Hozirda ularni qutqarish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Ta'kidlanishicha, zilzila kuchli bo‘lgan, biroq 7 soniya davom etgan. Zilzila sunamiga olib kelmagan.
Indoneziya Tinch okeanidagi vulqonlar va tektonik plitalar tutashuv liniyalarini o‘z ichiga oluvchi “olovli halqa”da joylashgani sababli u yerda tez-tez zilzila yuz berib turadi.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi
22:01 / 23.04.2025