O‘zbekiston | 12:26 / 16.01.2021
15507
1 daqiqa o‘qiladi

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori tayinlandi

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali direktori lavozimida ishlab kelgan Davron To‘laganov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh direktor etib tayinlandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabariga ko‘ra, tibbiyot fanlari doktori Davron To‘laganov ko‘p yillar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi tizimida turli vazifalarda ishlab kelgan. 2016-2017 yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh shifokor muovini vazifasini bajaruvchi bo‘lgan.

Birlashtirilgan shoshilinch tibbiy yordam xizmati tarkibiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning 13ta viloyat filiali, 176ta tuman va shahar tibbiyot birlashmalarining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlari, 2400dan ortiq tez tibbiy yordam brigadasi, sanitar-aviatsiya xizmati va favqulodda vaziyatlarda aholini tibbiy ta'minlash tezkor brigadalari kiradi. 

Mavzuga oid