O‘zbekiston | 17:19 / 17.01.2021
8249
1 daqiqa o‘qiladi

Haydovchilikka o‘qiyotgan shaxslarning davomati onlayn nazorat qilinadi

O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasi olish uchun o‘qiyotgan nomzodlar davomatini va o‘quv jarayonini onlayn tarzda nazorat qilish yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

Foto: IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi

Yangi tartib 2021 yilda amalga tatbiq etilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar qildi IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi.

Bundan tashqari, 2021 yilda transport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda arizalarni onlayn yuborish ham joriy etilishi kutilmoqda. To‘lovlarni esa to‘liq billing tizimiga o‘tkazish rejalashtirilgan.

«Texpasport» olish uchun to‘lovlar billing tizimiga o‘tishi bu xizmatga bankka bormasdan, mobil ilovalar orqali ham to‘lov qilish imkonini beradi.

Ma'lumot uchun, ayni kunlarda 2021 yilgi davlat dasturi loyihasi e'lon qilinishi kutilmoqda.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid