Jahon | 15:19 / 17.01.2021
26710
2 daqiqa o‘qiladi

Rafiq Nishonov Rossiyaning Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotlandi

Foto: TASS

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sobiq ittifoq va o‘zbek diplomati, 15 yanvarda 95 yoshini qarshilagan Rafiq Nishonovni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotlash haqidagi farmonni imzoladi

“Davlat oldidagi ulkan xizmatlari va ko‘p yillik halol ishi uchun Nishonov Rafiq Nishonovich Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlansin”, deb aytilgan farmonda.

Rafiq Nishonov 1926 yilda Bo‘stonliq tumanining G‘azalkent shahrida tavallud topgan. 1970-1978 yillarda Sobiq ittifoqning Shri-Lanka va Maldiv Respublikasidagi elchisi lavozimini egallagan. Nishonov Shri-Lankada elchi bo‘lgan vaqtda Rossiyaning amaldagi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov diplomatik faoliyatini elchi yordamchisi sifatida boshlagan.

Nishonov 1985 yilda O‘zbekistonga qaytib, respublikaning tashqi ishlar vaziri lavozimini egallagan. 1986 yil dekabrdan 1988 yil aprelgacha O‘zbekiston Oliy kengashi Prezidiumi raisi va Sobiq ittifoq Oliy kengashi Prezidiumi raisi o‘rinbosari lavozimlarini egallagan.

1988 yil yanvardan 1989 yil iyungacha O‘zbekiston kompartiyasi markaziy qo‘mitasi birinchi kotibi lavozimini egallagan. 

1989 yil 6 iyunda Sobiq ittifoq Oliy kengashi millatlar kengashi raisi etib saylangan.

1991 yil noyabrda pensiyaga chiqqan.

Mavzuga oid