Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda amerikalik tadbirkor josuslikda ayblanib 10 yilga qamaldi
Eron-AQSh fuqaroligiga ega bo‘lgan 56 yoshli Shargi 30 noyabrda Tehrondagi sudga chaqirilgan va hech qanday sudlovlarsiz 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Eronda josuslikda ayblangan amerikalik biznesmen Emad Shargi 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda NBC telekompaniyasi xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, Eron hukumatining bunday harakati saylangan prezident Jozef Bayden ma'muriyati bilan diplomatik munosabatlarni murakkablashtirishi mumkin. Bayden "agar Tehron yadroviy kelishuv shartlariga rioya qilishga qaytsa, unga nisbatan kiritilgan sanksiyalarni yumshatishga ochiq bo‘lishini"ni aytgandi.
Eron-AQSh fuqaroligiga ega bo‘lgan 56 yoshli Shargi 30 noyabrda Tehrondagi sudga chaqirilgan va hech qanday sudlovlarsiz 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
Telekompaniyaning ma'lumot berishicha, u Eronda ozodlikdan mahrum etilgan kelib chiqishi eronlik bo‘lgan to‘rtinchi Amerika fuqarosidir.
Telekanal Shargi qaysi mamlakat foydasiga josuslik qilishda ayblangani haqida ma'lumot bermagan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
21:46 / 25.05.2025
AQSh Federal zaxira tizimi sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda
20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi
16:28 / 23.05.2025