Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Vatandoshlar» maxsus jamg‘armasi ta'sis etiladi
Chet elda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va sayyohlik salohiyatini oshirish jarayonlariga faol jalb qilish rejalashtirilmoqda.
2021 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida aytilishicha, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:
- vatandoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular bilan aloqalarni yanada mustahkamlash choralarini ko‘rish hamda ushbu maqsadga qaratilgan “Vatandoshlar” maxsus jamg‘armasini ta'sis etish;
- chet ellarda O‘zbekiston Respublikasining ijobiy imijini shakllantirish va mustahkamlashga vatandoshlarni keng jalb qilish nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - 2021 yil 10 may, ijro uchun mas'ullar - Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar.
Mavzuga oid
11:33 / 19.03.2025
Germaniyada o‘zbek bolalariga tibbiy yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan jamg‘arma tashkil etildi
12:21 / 18.03.2025
Kambag‘allikni qisqartirish jamg‘armasining vazifalari belgilandi
15:50 / 17.03.2025
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etiladi
15:18 / 06.03.2025