O‘zbekiston | 10:02 / 20.01.2021
18564
1 daqiqa o‘qiladi

Energetika vaziri iste'molchilarga murojaat qildi

Joriy yilning 19 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan brifingda energetika vaziri Alisher Sultonov havo harorati pasayganda energiya va gaz ta'minotida uzilishlar bo‘lishiga izoh berdi hamda iste'molchilardan birgalikda ishlashni so‘radi.

Uning ta'kidlashicha, havo harorati pasayishi bilan uy-joylardagi isitish tizimida muammo mavjud bo‘lsa, odamlar uyini isitish uchun qo‘shimcha elektr moslamalarini qo‘shishni boshlaydi, gaz plitalarini uzoq vaqt qo‘shib qo‘yishadi. Bu holat tabiiy gaz bosimining pasayib ketishiga, shuningdek elektr energiyasi ta'minotida uzilishlarga olib keladi. 

“Bugungi kunda turli nostandart moslamalar ishlatilganda, juda ko‘p energiya ko‘chani isitishga ketyapti. Bunaqa holatda biz gazni ham, elektrni ham yetkazib berolmaymiz. Ishlab chiqarishni qancha ko‘paytirsak ham. Iste'molchilardan birgalikda ishlashni iltimos qilardim. Kutilayotgan 1 hafta-10 kunlik sovuqni yaxshi o‘tkazib olishga bizda hamma imkoniyatlarimiz mavjud”, - deya iste'molchilarga murojaat qildi vazir.

Avvalroq, Alisher Sultonov 10 kun ichida mamlakat aholisiga 2 318,7 mln kilovatt-soat elektr energiyasi yetkazib berilishini ma'lum qilgan edi.

Mavzuga oid