Tramp Oq uyni tark etdi
Avvalroq Donald Tramp birinchi xonim Melanya Tramp bilan birga Floridadagi Palm-Bich shahriga borishi ma'lum qilingandi.
AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp Oq uyni tark etdi va Florida shtatiga yo‘l oldi.
Avvalroq u birinchi xonim Melanya Tramp bilan birga Floridadagi Palm-Bich shahriga borishi ma'lum qilingandi. Reuters agentligi esa Tramp dastlab Vashington yaqinidagi Endryus harbiy bazasida xayrlashuv marosimini o‘tkazishi to‘g‘risida xabar bergandi.
AQShda prezident saylovi 2020 yil 3 noyabrda bo‘lib o‘tdi. 14 dekabr kuni saylovchilar hay'ati ovoz berish natijalarini tasdiqladi. Unga ko‘ra, Jozef Bayden mamlakatning yangi prezidenti bo‘ldi.
6 yanvar kuni Senat va Kongress vakillar palatasi Baydenning g‘alabasini tasdiqladi. Jozef Baydenning inauguratsiya marosimi 20 yanvar kuni 22:00 (Toshkent vaqti bilan) bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
10:37
Sud Trampning Stormi Denielsga to‘lovlari bo‘yicha ish yuzasidan qarorni kechiktirdi
09:56
Tramp Soros fondi sobiq menejerini moliya vaziri etib tanladi
17:48 / 22.11.2024
Tramp Pem Bondini bosh prokuror lavozimiga yangi nomzod sifatida ko‘rsatdi
21:00 / 21.11.2024