Astronomlar Maskning sun'iy yo‘ldoshlaridan shikoyat qilishdi
Hozirda orbitaga Starlink va OneWeb sun'iy yo‘ldoshlari joylashtirilmoqda, tez orada ular qatoriga Amazon kompaniyasining Kuiper sun'iy yo‘ldoshlari ham qo‘shiladi.
Astrofizik Itan Sigel Starlink sun'iy yo‘ldoshlari tadqiqotlarga xalaqit berayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular sababli teleskoplardagi tasvirlar chaplashib ketmoqda, deb yozadi Forbes.
Hozirda orbitaga Starlink va OneWeb sun'iy yo‘ldoshlari joylashtirilmoqda, tez orada ular qatoriga Amazon kompaniyasining Kuiper sun'iy yo‘ldoshlari ham qo‘shiladi.
Olimlarning ta'kidlashlaricha, ular Starlink sun'iy yo‘ldoshlarining xalaqit berishiga 2019 yildayoq duch kelishgan.
Astrofiziklar sun'iy yo‘ldoshlarni ishlab chiqishda hisobga olinishi kerak bo‘lgan tavsiyalarni berishgan. Unga ko‘ra, sun'iy yo‘ldosh orbitasi balandligi 550-600 kilometrdan oshmasligi lozim.
Mutaxassislar Starlink sun'iy yo‘ldoshlarini ajratib olish mumkinligini, ammo OneWeb qurilmalarida muammo ko‘proq paydo bo‘lishini qayd etishdi. Uning sun'iy yo‘ldoshlari 1,2 ming kilometr balandlikda joylashgan.
SpaceX kompaniyasi orbitaga 12 ming dona sun'iy yo‘ldosh uchirishni rejalashtirgan. Kompaniya sun'iy yo‘ldoshlarni orbitaga 2019 yil may oyidan chiqarishni boshlagan.
Mavzuga oid
10:45 / 02.11.2024
Olimlar minglab Starlink sun’iy yo‘ldoshlarining koinotga uchirilishiga qarshi chiqdi
21:00 / 15.10.2024
SpaceX kompaniyasi Starlink uchun yana 43 ta sun’iy yo‘ldoshni orbitaga uchirdi
13:09 / 03.09.2024
Braziliya Maskning Starlink platformasiga nisbatan sanksiyalar bilan tahdid qildi
23:05 / 31.08.2024