O‘zbekiston | 16:51 / 26.01.2021
25155
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar Saudiyaga ishlagani yuborilishi mumkin

Foto: Shutterstock

O‘zbekistonda bo‘lib turgan Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Holid Abdulaziz al Falih boshchiligidagi delegatsiya qator uchrashuvlarda qatnashdi. Saudiya delegatsiyasi vakillari O‘zbekiston mehnat vaziri Nozim Husanov bilan ham bir qator masalalarda fikr almashdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekistondagi Saudiya korxonalari qatnashadigan energetika loyihalarida mahalliy ishchilar ishtirok etishi kelishib olindi. Shuningdek, Saudiya Arabistoniga ishlagani bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarga til va kasb o‘rgatish markazlari ochilishi muhokama qilindi.

Mehnat vaziri Nozim Husanovning aytishicha, Saudiya ishtirokidagi loyihalar doirasida saudiyalik mutaxassislar O‘zbekistonga kelib, mahalliy xodimlarga ish o‘rgatishi ham nazarda tutilgan. Husanov ishchilarni Saudiyaga yuborishda asosiy muammo til ekanini aytib, bu borada tomonlar birgalikda ish olib borishini ma'lum qildi.

Oldinroq Rossiya kompaniyalari qurilish sohasiga ishchilar tanqisligi yuzaga kelgani sabab o‘zbekistonliklarni ishga chorlayotgani xabar qilingandi. Karantinda muhojirlarning ko‘pchiligi Rossiyani tark etishga majbur bo‘lgani sabab mamlakatda, ayniqsa, poytaxt Moskvada muhojir ishchilar tanqisligi yuzaga kelgan.

Mavzuga oid