Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda bir kunda bir nechta terrorchilik harakatlari amalga oshirildi
Nangarhordagi terakt uchun javobgarlikni «Tolibon» harakati o‘z zimmasiga olgan.
Afg‘onistonning Nangarhor viloyatida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida sakkiz nafar politsiya xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda Onado‘lu agentligi xabar berdi.
Nangarhor gubernatori matbuot kotibi Otaulla Hugayniyning ma'lum qilishicha, terrorchilar Gandumak aholi maskanidagi politsiya bo‘limi yaqinida minalashtirilgan avtomobilni portlatishgan.
Nagarhor viloyati kengashi rahbarining o‘rinbosari Ubaydulla Shinvariy esa terakt natijasida 14 nafar politsiyachi halok bo‘lganini aytgan.
Shu bilan bir vaqtda Kobuldagi Pul-i Kampani va Salim Karvon uyezdlarida sodir etilgan teraktlar oqibatida to‘rt kishi yaralangan.
Bu haqda Kobul politsiyasi matbuot kotibi Firdavs Faramarz ma'lum qildi.
Nangarhordagi terakt uchun javobgarlikni «Tolibon» harakati o‘z zimmasiga olgan.
Ayni vaqtda Dohada Afg‘onistondagi zo‘ravonlikka chek qo‘yishga qaratilgan tinchlik kelishuvlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025