Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAA dunyoda birinchi bo‘lib kosmik sud tashkil etadi
Sud xususiy kompaniyalarning kosmik faoliyati, xususan, sun'iy yo‘ldoshlar sotib olish yoki orbitada qurilmalarning to‘qnashuvi borasida paydo bo‘lgan bahslarni hal etishga ixtisoslashadi.
Dubay hukumati Yer orbitasidagi tijoriy nizolarni hal qilish bilan shug‘ullanuvchi kosmik sud tashkil etadi. Bu haqda Dubay xalqaro moliya markazi xabar berdi.
2021 yilda Dubay xalqaro moliya markazi sudlari va Dubay kelajak fondi ushbu tashabbusni amalga oshirishni boshlaydi.
Mazkur arbitraj sudi xususiy kompaniyalarning kosmik faoliyati, xususan, sun'iy yo‘ldoshlar sotib olish yoki orbitada qurilmalarning to‘qnashuvi borasida paydo bo‘lgan bahslarni hal etishga ixtisoslashadi.
BAA keyingi yillarda kosmik sohada erishgan yutuqlar sababli ushbu qarorga kelingani aytilmoqda.
Mavzuga oid
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025
Suriya Rossiyani Tartus portidan chiqarib yubordi va uni BAAga topshirdi
11:02 / 16.05.2025
Trampning BAAga tashrifi: 1,4 trillionlik va’da va AQSh tashqarisidagi eng yirik AI markazi
03:00 / 08.05.2025