Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda qurilayotgan ko‘p qavatli uyda gaz portladi
Buxoro shahrida yangi qurilayotgan uyda portlash ro‘y berishi oqibatida kamida uch kishi jarohatlandi.
4 fevral kuni Buxoro shahrining Islom Karimov ko‘chasida qurilayotgan ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘lgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 8 qavatli turar joy binosining 3-qavatida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lishi oqibatida uch kishi jarohatlangan. Jabrlanganlar shahar kasalxonasiga joylashtirilgan.
Hozircha vafot etganlar to‘g‘risida ma'lumot kelib tushmagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda ko‘rish mumkinki, portlash sodir bo‘lgan uy qarshisidagi savdo do‘koniga ham shikast yetgan.
Hodisa joyida FVV hududiy boshqarmasi qutqaruvchilari guruhi ish olib bormoqda.
Mavzuga oid
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
09:39 / 23.05.2025
Bo‘rijardagi fojia. Odamlar xavfsizligi oxirgi o‘rindami?
08:40 / 23.05.2025
Toshkentdagi qurilish obektida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
18:50 / 22.05.2025